Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni muhokama qilindi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Isroil Davlatining Knesseti Spikeri Amir Oxana bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida samarali natijalarga erishish uchun parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, doʻstlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish va parlamentlar qoʻmitalari oʻrtasidagi faol muloqotni yoʻlga qoʻyish uchun aniq dasturlar ishlab chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuv chogʻida turizm, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, innovatsiya va yuqori texnologiyalar, sogʻliqni saqlash sohalaridagi qoʻshma loyihalarni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat yakunida ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qadamlar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring