Oʻzbekiston va Eron yetakchilari ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon 1-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda bir-birlarini va mamlakatlarimizning do‘st xalqlarini bahor ayyomi Navro‘z va muborak Ramazon hayiti - Iyd al-Fitr bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Turli darajalarda faol muloqotlar va tashriflar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zaro savdo va yuk tashish ko‘rsatkichlari, qo‘shma korxonalar soni oshmoqda, poytaxtlar o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.
Kimyo va neft-kimyo tarmoqlari, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari tarmog‘i va boshqa yo‘nalishlardagi kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va jadal amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tehron shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, biznes forumi va sanoat ko‘rgazmasini samarali tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring