O‘zbekiston va BAA hamkorligining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 29-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari Raqobatbardoshlik kengashi raisi, Hukumat ishlari vazirining raqobatbardoshlik va bilim almashinuvi bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Nosir Lyutani qabul qildi.
O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasida ko‘p qirrali aloqalarni, jumladan savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yana-da rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Maʼlumki, so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida sezilarli yutuqlarga erishildi. Jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2022-yilda 2,1 barobarga oshgan bo‘lsa ($518,6 mln), 2023 yilda esa 2022 yilga nisbatan qariyb 21%ga o‘sgan ($625,9 mln), BAA ishtirokidagi korxonalar soni 300 taga yetdi.
Suhbat davomida bu borada Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning faoliyatini yana-da kuchaytirish orqali savdo ko‘rsatkichlarini yaxshilash zarurligi taʼkidlandi.
Uchrashuvda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, hamda raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, bu yil O‘zbekistonda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili deb eʼlon qilingani munosabati bilan aynan yoshlar bilan ishlash, yaʼni, ularning taʼlim olishi, bandligini taʼminlash, qator ilg‘or zamonaviy sohalarda o‘tkaziladigan tadbirlarda yoshlar ishtirokini taʼminlash, bir so‘z bilan aytganda yoshlarining har tomonlama rivojlanishini taʼminlash sohasida hamkorlikni yana-da kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring