Oʻzbekiston urugʻlari — Butunjahon urugʻ omborida
Genbank bu shunchaki idora yo korxona emas, ilmiy tadqiqotlar oʻchogʻi, oʻsimliklar urugʻlarini kelgusi avlodlar uchun uzoq muddat saqlash, koʻpaytirish imkonini yaratib beradigan oʻxshashi yoʻq maskandir. Masalan, AQSHdagi genbank juda boy, ammo undagi urugʻlarning qadr-qimmati, oʻziga xos jihatiga koʻra Rossiyanikidan ancha past. Oʻtgan asrning oxirlarida dunyoning taniqli biomuhandis olimlari ruslarning genbankini 3 trillion dollarga baholashgan. Albatta bu nisbiy narx, ammo shuning oʻziyoq genbank nechogʻlik noyob tuzilma ekanligidan darak beradi.
Yangi asr boshida Norvegiya hukumati genbank tashkil etishga jiddiy kirishdi va 2008-yil Spisbergen orolida dunyo genbanki ishga tushdi. Ayni paytda mazkur omborda 1 mln. 356 ming 591 namuna saqlanmoqda va bu miqdor oy sayin koʻpayib borayapti. Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining uzoqni koʻzlab olib borayotgan pragmatik siyosatiga mos ravishda oʻzbekistonlik olimlarning mana shu xalqaro idora bilan hamkorligi yanada kengaymoqda. Bu haqda Oʻsimliklar genetik resurslari instituti direktori Zafar Ziyayev quyidagilarni soʻzlab berdi.

—Hamkorligimiz 2013-yilda boshlangan edi va ayni Svalbard urugʻ saqlash omborida serquyosh yurtimiz tuprogʻida yetishtirilgan va mahalliy sharoitga mansub 3530 ta turli madaniy oʻsimliklar urugʻ namunalari saqlanmoqda. Oʻtgan yil tagʻin 30ta tarvuz-qovun,arpa va boshqa dukkakli ekinlar urugʻlarini Svalbardga topshirdik. Eʼtiborli jihati shundaki, mazkur dunyo bankida urugʻlarni saqlash bepul va agar qaytarib olish zarurati tugʻilsa, faqat va faqat oʻsha topshirgan ilmiy tashkilotning oʻzi bunga haqli. Kelgusida yana koʻplab urugʻlarni Norvegiyaga yuborishni koʻzlayapmiz. Chunki saqlash xonalari togʻ bagʻrida — 120 metr chuqurlikdan joy olgan mazkur ombor 4,5 mln urugʻ namunasini sigʻdira oladi (har bir namuna 1 paket — 500 dona urugʻ). Umuman olganda kelgusida chet el tajribasini qoʻllagan holda institutimizda ham urugʻlarni –18 °S doimiy haroratda, uzoq muddat saqlovchi zamonaviy Milliy genbank qurish ishlari rejalashtirilgan. Institutimiz qoshidagi genbankdagi namunalar zaxirasi ham koʻpaymoqda, ilmiy tadqiqotlarini yanada takomillashtirishini koʻzlayotgan yoshlarning murojaatlari ham sezilarli darajada oshgan. Chunki tajriba dalamizda birgina uzumning 1812 ta navi parvarishlanyapti. Bu ham yangi tadqiqot, ham genbank uchun namuna olish demakdir. Shu jarayonda oʻnlab iqtidorli yosh olimlaru shogirdlarimiz faollik koʻrsatmoqda. Shuningdek institutimiz olimlari Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Iordaniya, Turkiya, Belarus, Janubiy Koreya, Avstraliya singari oʻnlab davlatlardagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzviy aloqada. BMTning Oziq -ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, ICARDA CIMMYT CRDC, IPGRI / Bioversity International, AVRDC kabi nufuzli idoralar, ilmiy dargohlarning ham institutimizdagi oʻzgarishlarga eʼtibori ortib boryapti. Bularning barchasi, hech shubha yoʻqki, davlatimiz rahbarining Yevropa va Amerikadagi yuksak darajadagi uchrashuvlari, yangidan yangi tashabbuslari, ilm-fanga, yoshlarga boʻlgan eʼtibori va Oʻzbekistonning dunyo siyosatidagi oʻrni har tomonlama oshib borayotganining mevasidir.
Abdunabi ALIQULOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring