Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Marokashdan ustun keldi

10:22 18 Mart 2026 Sport
193 0

Osiyo chempionati musobaqasiga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgan Sergey Chigotayev boshchiligidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi shu kunlarda Marokash mamlakatining Rabot shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazmoqda.

Jamoa kecha ushbu yigʻin doirasida Marokash U-17 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi amaldagi Osiyo chempioni boʻlsa, Marokash U-17 terma jamoasi amaldagi Afrika chempioni hisoblanardi.

Uchrashuv 3:4 hisobida Oʻzbekiston terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Suhrob Sadirjonov (2 ta) va Laziz Abduraimov (2 ta) mualliflik qildi.

Shu tariqa Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi yigʻin doirasidagi dastlabki oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba qozondi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер