Oʻzbekiston Tojikiston va Qirgʻiziston bilan birgalikda Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin
Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston 2031-yilgi Osiyo kubogini birgalikda oʻtkazish boʻyicha OFKga nomzodlik taklifini yubordi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2031-yilda Osiyo qitʼasining eng nufuzli futbol turniri boʻlgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni koʻrib chiqishni boshladi.
Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda futbol borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, xalqaro maydondagi nufuzidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiz Respublikasi futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada oʻtkazishga ishonch bildirib, oʻz qoʻshma nomzodini ilgari surgan.
“Bugungi kunda qoʻshni mamlakatlar bilan birga Oʻzbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Fargʻona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi”, deyiladi OʻFA xabarida.
Shuningdek, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Futzal boʻyicha Jahon chempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini oʻtagani alohida qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring