Oʻzbekiston toʻqqiz oyda qancha benzin import qilgani maʼlum boʻldi

23:07 06 Noyabr 2021 Jamiyat
1281 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga 104 million dollarlik 289 million litr benzin import qilingan.

Maʼlumotlarga koʻra, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 137 million litrga koʻpdir.

Oʻzbekistonga benzin eksport qiluvchi asosiy davlatlar quyidagilardir:

Rossiya - 140,5 million litr;

Turkmaniston - 126,8 million litr;

Qozogʻiston - 16 million litr;

Iroq - 3,6 million litr.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?