Oʻzbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirdaligini bildirdi.
“Barcha tomonlarni vazminlikka daʼvat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan koʻrib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli keskinlashuvga sabab boʻladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz”, — deyiladi TIV bayonotida.
Mazkur bayonotda vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va oʻzaro maqbul muloqot yoʻli bilan hal etish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori va vaziyatning eng tez fursatlarda normallashuvidan umidvor ekani qoʻshimcha qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring