Oʻzbekiston TIV migrantlar huquqlari buzilayotgani yuzasidan Rossiya elchisi bilan muzokara oʻtkazdi
2025-yilning 2-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari B.Usmonov Rossiyaning mamlakatimizdagi elchisi O.Malginov bilan Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari yuzasidan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanov maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, mazkur muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashilgan. Tomonlar kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilib, koʻp tomonlama hamkorlik doirasida oliy va yuqori darajadagi boʻlajak tadbirlar jadvalini kelishib olgan.
Shuningdek, muzokaralar davomida Oʻzbekiston tomoni Rossiya tomonining eʼtiborini Rossiya Federatsiyasida Oʻzbekistondan kelgan mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishi va ularga nisbatan qoʻpol muomala holatlari haqidagi koʻpayib borayotgan xabarlarga qaratgan.
“Bunday holatlar Rossiya hududida mehnat faoliyati olib borayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini buzish hisoblanishi, bu huquq va erkinliklar esa yashab turgan mamlakat qonunchiligi asosida taʼminlanishi lozimligi taʼkidlandi”, — deyiladi TIV xabarida.
Yuqoridagilarni inobatga olib, koʻtarilgan masalani sinchkovlik bilan oʻrganish va Oʻzbekiston tomonining xavotirlarini Rossiya Federatsiyasining tegishli vakolatli organlariga yetkazish zarurligi alohida qayd etib oʻtilgan.
“Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Rossiya fuqarolarining ikki mamlakat hududidagi huquq va erkinliklarini oʻzaro taʼminlash boʻyicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi”, — deb qoʻshimcha qiladi Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring