Oʻzbekiston terma jamoasi “CAFA National Cup” gʻolibi
Illyustrativ foto
Bugun, 8-sentyabr kuni Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan “CAFA National Cup” musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eron termasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida eronlik himoyachi Ariya Yusufi maydondan chetlatildi va oʻyin soʻnggigacha forslar bir kishi kam boʻlib oʻyinni davom ettirdilar.
Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan yakunlandi — 0:0. Qoʻshimcha taymlarning birinchisida eronliklar oʻz jarima maydoni ichida Oston Oʻrunovni qoʻpollik bilan toʻxtatib qoldilar. Uchrashuvni boshqarib borgan qirgʻizistonlik hakam Nurzatbek Abduqodirov hech ikkilanmay oʻn bir metrlik nuqtaga ishora qildi. Ammo jarima zarbasidan Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov unumli foydalana olmadi.
Ikkinchi qoʻshimcha boʻlimning soʻnggi daqiqasida Hojiakbar Alijonov ajoyib zarba yoʻllab, uchrashuvda kiritilgan yagona golga mualliflik qildi.
Shu tariqa uchrashuv 1:0 hisobida Oʻzbekistonning gʻalabasi bilan yakunlandi. Bu futbolchilarimizning “CAFA National Cup” musobaqasidagi ilk sovrini hisoblanadi.
Gʻolib jamoaga bosh sovrinni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va FIFA prezidenti Janni Infantino topshirdi.
Musobaqa yakunlariga koʻra, Eron terma jamoasi darvozaboni Payam Niyazmand turnirning eng yaxshi darvozaboni, Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov eng yaxshi futbolchisi, 3 ta gol kiritgan Igor Sergeyev esa eng yaxshi toʻpurar uchun atalgan sovrinlarni qabul qilib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring