Oʻzbekiston «Tentpegging» federatsiyasi tashkil etildi
Prezidentimizning tegishli qarorlari ijrosi doirasida Milliy gvardiya qoʻmondonligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ot sporti turlaridan biri boʻlmish — «Tentpegging» sportini ham rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni va harbiy xizmatchilarni ushbu sport turiga keng jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston «Tentpegging» federatsiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston «Tentpegging» federatsiyasining raisi Milliy gvardiya huzuridagi ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori N. Ibragimov va federatsiya raisining oʻrinbosari lavozimiga esa Yoshlar oʻrtasida harbiy-vatanparvarlik va sport ishlarini tashkillashtirish boshqarmasi boshligʻi Q. Azizov saylandi.
«Tentpegging» sport turini keng targʻib qilish va rivojlantirish, ushbu sport turi boʻyicha respublikamiz boʻylab nufuzli musobaqalarni tashkil etish, shuningdek, Jahon va Osiyo mamlakatlari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqalarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritish, Milliy merosimiz namunasi boʻlgan “Qorabayir” zotli otlarni ushbu sport orqali dunyoga tanitish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
«Tentpegging» sport turi Osiyo va Yevropa davlatlarida juda ommabop boʻlib, ayniqsa, harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring