Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YIK) Ijrochi kotibi Tatyana Molchan bilan uchrashdi.
“BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining (YIK) Ijrochi kotibi Tatyana Molchan xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. — BMT bilan birgalikda milliy va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini batafsil muhokama qildik. Oʻzbekistonning barcha sohalarda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan saʼy-harakatlarini doimiy qoʻllab-quvvatlab kelayotgani uchun BMT YIKga oʻz minnatdorligimizni bildiramiz”.
Eslatib oʻtamiz, YIK rahbari 2-3-may kunlari boʻlib oʻtayotgan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring