Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Dohada Qatar Amiri bilan uchrashdi
Doha shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirligining maʼlumotiga koʻra, vazir Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga yoʻllagan maktubini yetkazdi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi oʻzaro aloqalarning dolzarb jihatlari toʻgʻrisida fikr almashildi.
Oʻzbekiston va Qatar koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun muhim salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Tomonlar oʻzaro siyosiy muloqotni faollashtirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni sezilarli darajada oshirish zarurligini taʼkidladi.
Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha afgʻonlararo inklyuziv muzokaralarni ilgari surishning muhimligi taʼkidlandi.
Qatar tomoni Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Muzokaralarda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring