O‘zbekiston talabasi xalqaro notiqlik tanlovida g‘olib bo‘ldi
Yaponiyaning Tokio shahrida 22-marotaba chet elliklar o‘rtasida Xalqaro yapon tili notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli davlatlaridan, jumladan, Kanada, Vyetnam, Rossiya, Koreya, Xitoy, Nepal, Tayvan va O‘zbekistondan kelgan 10 nafar ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekiston uchun quvonarli yangilik shundaki, ushbu tanlovda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Yapon filologiyasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Hasan Mamurjonov faxrli 1-o‘rinni egallab, g‘olib bo‘ldi.
Hozirda u kredit mobillik dasturi doirasida Yaponiyaning Toyo universitetida tahsil olmoqda.
Hasan Mamurjonov “Yapon tilini o‘rganish sarguzashti” mavzusidagi nutqi bilan hakamlar e’tiborini qozondi. Yosh bo‘lishiga qaramay, uning tirishqoqligi, ilmga chanqoqligi va mehnati evaziga erishgan ushbu yutug‘i O‘zDJTU jamoasi uchun katta faxrdir. Hasan JLPT N1 darajasiga ega bo‘lib, fakultetning eng faol talabalaridan biri hisoblanadi.
Hozirda Hasan Mamurjonov Yaponiyaning yetakchi oliygohlaridan biri – Toyo universitetida o‘qishni davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun: Toyo universiteti Yaponiyaning eng yaxshi oliygohlaridan biri sifatida tan olingan va talabalar uchun yuqori sifatli ta’lim va tadqiqot imkoniyatlarini taklif etadi. Ayni damda ta’lim maskanida 30 000 dan ortiq talaba Gumanitar fanlar, iqtisodiyot, huquq, xalqaro munosabatlar, fan va texnologiya, biznes va menejment, muhandislik, tibbiyot va boshqa fakultetlarida tahsil oladi.
Toyo universiteti dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatorida O‘zbekiston bilan ham akademik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toyo universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida har yili 3 nafar O‘zDJTU talabasi kredit mobillik dasturi asosida Yaponiyaga o‘qishga yuboriladi. Shuningdek, har yili Toyo universitetidan bir nafar talaba O‘zDJTUda tahsil oladi. Bu ikki universitet o‘rtasidagi akademik aloqalar va madaniy almashinuvning yorqin namunasi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring