Oʻzbekiston Superkubogining stadioni va sanasi aniq boʻldi
Yaxshi bilasiz, har yili Professional futbol ligasi tomonidan Superliganing amaldagi chempioni va Oʻzbekiston kubogining amaldagi gʻolibi oʻrtasida Oʻzbekiston Superkubogi uchun uchrashuv tashkil etiladi. Ushbu oʻyinga bu yil Andijon viloyatida joylashgan “Bobur arena” mezbonlik qiladigan boʻldi. Bu haqda PFLning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Uzoq tanaffusdan keyin Superliga chempionligini qoʻlga kiritgan Neftchi hamda mamlakat kubogining amaldagi gʻolibi Paxtakor oʻrtasidagi Superkubok oʻyini Andijonda oʻtkaziladi.
Taqvim rejaga koʻra, Superkubok bellashuvi 15-mart kuni boʻlib oʻtadi. Soʻnggi yillarda Liga Superkubok uchrashuvini may oyida oʻtkazib kelayotgandi. Biroq mamlakat bosh jamoasi Jahon kubogida ishtirok etadigan mavsumda muxlislar uchun ahamiyatli boʻlgan super uchrashuv mart oyiga rejalashtirildi”, — deyiladi tashkilotning rasmiy saytida.
“Bobur arena” ketma-ket ikkinchi mavsum katta futbol uchrashuviga mezbonlik qiladi. Bir yil muqaddam Oʻzbekiston kubogining final uchrashuvi tarixda ilk bor Andijonda oʻtkazilgandi. Qayd etish kerakki, Andijon viloyati hozirga qadar Superkubok oʻyiniga mezbonlik qilmagan va mazkur voqelik ham “Bobur arena” uchun birinchisi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring