Oʻzbekiston sud tizimida korrupsiyaga qarshi qanday kurashilmoqda?
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashida Germaniya Federativ Respublikasi Shimoliy Reyn-Vestfaliya Federal oʻlkasi Adliya vazirligi kotibi Dirk Vedel boshchiligidagi mazkur oʻlkaning prokuratura organlari va Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik fondi (IRZ) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Kengash raisi Xolmoʻmin Yodgorov mehmonlarni tashrif bilan qutlab, Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani, xususan, yuqori malakali sudya kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, lavozimga tayinlash, shuningdek, sud tizimida korrupsiyaning barvaqt oldini olish boʻyicha oʻzaro almashilayotgan tajribalar yaxshi samara berayotganini qayd etdi.
Shuningdek, Kengash oʻtgan yili germaniyalik hamkorlar bilan ikki marta xalqaro konferensiya oʻtkazilgani, bunday tadbirlar bardavom boʻlishi maqsadga muvofiq ekani ham bildirildi. Bundan tashqari mamlakatimizda oʻtkazilayotgan sud-huquq islohotlari, sudyalarni tanlash va tayinlashda joriy etilgan yangi tartib va qoidalar haqidalar atroflicha maʼlumot berdi.
Oʻz navbatida, mehmonlar mamlakatimizda amalga oshirilayot sud-huquq islohotlari va ularning ijobiy natijalarini eʼtirof etdi. Xususan, sudyalarning chinakam mustaqilligi taʼminlash, tizimda korrupsiyaning barvaqt oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlarga yuqori baho berdi.
Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari, bu borada ikki davlat tajribalari haqida fikr almashilib, hamkorlikning istiqbollari muhokama etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring