Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Paraosiyo oʻyinlariga yoʻl oldi

12:50 01 Dekabr 2023 Sport
166 0

Xanchjou-2022 yozgi Para Osiyo oʻyinlarida  delegatsiyamiz oʻz tarixidagi ilk bora  katta tarkib – 11 sport turida 108 nafar para atlet bilan ishtirok etadi.

Aytib oʻtish joiz  “qitʼa Paralimpiadasi”da vakillarimiz para shaxmat, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para velosport, para taekvondo va para stol tennisi dasturlarida debyut qilishadi.

Musobaqa davomida para oʻq otish, para stol tennisi, para yengil atletika, para dzyudo, para taekvondo, para pauerlifting, para velosport, para kanoe, para akademiya, para suzish dasturlarida para atletlar medallar qatori Paralimpiya oʻyinlari litsenziyalari hamda reyting ochkolari uchun ham kurash olib borishadi.

Oʻzbekiston delegatsiyasining Paraosiyo oʻyinlarining ochilishi marosimi 22-oktyabr kuni oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?