Oʻzbekiston sentabr oyida xorijdan 297 843 dona mobil telefon import qilgan

12:11 29 Oktyabr 2021 Jamiyat
965 0

Sentabr oyida import qilingan mobil telefonlar soni avgust oyiga nisbatan 61 219 taga oshgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning sentabr oyida Oʻzbekiston xorijdan qiymati 15,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan 297 843 dona mobil telefon import qilgan.

Sentabr oyida import qilingan mobil telefonlar soni avgust oyiga nisbatan 61 219 taga oshgan.

Oʻzbekistonda 2020-yilda 345 431 dona uyali va boshqa simsiz aloqa tarmogʻi uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekistonda 2021-yilning 1-yanvar holatiga, Internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni qariyb 20 millionni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?