Oʻzbekiston Respublikasining Vengriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vengriya Prezidenti Katalina Novakga ishonch yorliqlarini topshirdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati
2022-yilning 17-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining Vengriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Vengriya Prezidenti Katalina Novakga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Budapesht shahridagi «Sandor Palota» saroyida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda faxriy qorovul saf tortdi va Prezident qarorgohining Mehmonlar kitobiga yozuv kiritildi.
Qisqa suhbat chogʻida K.Novak Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan jadal oʻzgarishlar va keng koʻlamli islohotlardan xabardorligini taʼkidladi. U, shuningdek, oʻtgan yili strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan Oʻzbekiston-Vengriya munosabatlarining bugungi ijobiy surʼatini yuqori baholadi.
K.Novak Vengriya tomonining Oʻzbekiston bilan oʻzaro manfaatli barcha sohalarda doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring