Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi
Unga koʻra, Oʻzbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi.
Qoidalar Oʻzbekiston hududidagi barcha tabiiy suv havzalarida faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Qoidalar sunʼiy suv havzalari hamda tabiiy suv havzasi hisoblanmaydigan irrigatsiya tarmoqlaridagi qafas (sadok) moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tabiiy suv havzalarida quyidagi baliq ovlash qurollari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:
— yoyma toʻrlar (nakidka);
— ikki tomonlama mahkamlanadigan 10 tadan ortiq ilgakli vositalar (peremet);
— maxsus tamgʻalanmagan va hisobga olinmagan har qanday toʻrlar;
— changakli ovlash vositalari (astraga);
— elektr qarmoq;
— mahkamlanadigan tuzoqsimon toʻrlar (venter, mordushka) va boshqa baliq ovlashning brakonyerlik qurollari.
Baliqlarning urchish davrida, yaʼni Amudaryo va Sirdaryoda 11-martdan – 31-maygacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida 26-apreldan 10-iyungacha va boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring