“Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi
“Maʼmuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–114-son, 07.04.2023-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hamda tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Qarorga koʻra:
— 2023–2024-yillarda “Yoshlar daftari” tizimi orqali yoshlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlari 1,5 barobargacha oshiriladi;
— yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlarni koʻrsatishda ularning iqtidoridan unumli foydalanishga qaratilgan ijtimoiy shartnomalar amaliyoti joriy etiladi;
— davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi “Yoshlar balansi” asosida yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib yoʻlga qoʻyiladi.
2024-yil 1-yanvargacha sport sohasini raqamlashtirish boʻyicha 24 ta yoʻnalishdagi axborot tizimlarini oʻz ichiga olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushiriladi. Bunda:
— sport sohasidagi xarajatlar tizimda shaffof va ochiq tarzda aks ettiriladi;
— joylarda barpo etiladigan tegishli sport obyektlari va inshootlarining kamida 30 foizi mazkur elektron tizim orqali ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.
2023-yil 1-iyuldan:
— sportchi identifikatsiya kartalari uchun toʻlovlar miqdori uch barobarga kamaytirilib, ulardan foydalanish muddati 5 yil etib belgilanadi;
— “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi. Bunda:
— stipendiya miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilanadi;
— mazkur stipendiya tayinlangan sportchilarga Prezidentning tegishli qarorida belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilish huquqi beriladi.
2024-yil 1-martdan sport turlari boʻyicha oʻtkaziladigan rasmiy musobaqalar, Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishi uchun sportchilarning mansubligi va ularning malakasini identifikatsiya kartalari (ID-karta) orqali aniqlash tartibi joriy etiladi.
Qarorga koʻra, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish miqdorlari tasdiqlandi (quyida keltirilgan).
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub boʻlgan tibbiyot muassasalarida umrbod bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring