Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentyabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining sessiyasi doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Keyingi yillarda oʻzaro hamkorlikda katta yuksalishga erishilgani, barcha darajalardagi almashinuv va muloqotlar jadallashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzaro savdo koʻrsatkichlari barqaror oshib bormoqda. Koreya kompaniyalarining Oʻzbekiston iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshdi.
Yurtimizda Koreya yetakchi oliy taʼlim muassasalarining 4 ta filiali, mamlakatimiz hududlarida professional taʼlim markazlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan koʻp yillar davomida samarali sheriklik qilib kelinayotgani, loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollarga yetganiga yuksak baho berildi.
Muhim xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi, transport, aviatsiya, biotexnologiyalar va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi loyihalarni ilgari surishni nazarda tutadigan yangi uzoq muddatli Texnologiya va sanoat sherikligi dasturini tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shu maʼnoda, Hukumatlararo komissiyaning boʻlajak yigʻilishini samarali qilib oʻtkazish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy, shu jumladan “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi“ formatida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Koreya Prezidentini davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga kelishga taklif etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring