Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizga Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi

16:36 02 Noyabr 2021 Siyosat
911 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizga Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi.

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, Elchini Oʻzbekistondagi faoliyatini boshlagani bilan tabrikladi hamda uning masʼuliyatli lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda Savdo, iqtisodiyot, fan va texnologiyalar, madaniyat, sport va yoshlar masalalari boʻyicha Hukumatlararo komissiyalar majlislarini oʻtkazish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Energetika, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot chogʻida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?