Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Dushanbega keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbe shahriga keldi.
Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi va ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi. Oʻzbekiston Prezidentini kutib olishda Tojikiston yoshlari va ijodiy jamoalari vakillari ham qatnashdi.
Soʻng Prezidentimiz “Doʻstiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qoʻydi.
Taʼkidlash joizki, oliy darajadagi muzokaralarda yetakchilar Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, xalqaro va mintaqaviy darajadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashadilar.
Tashrif dasturida ikki mamlakat sanʼat ustalarining konsertini birgalikda tomosha qilish hamda “Made in Uzbekistan” mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Davlat tashrifi doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar forumi, Oʻzbekiston kinosi kunlari, ziyolilar, olimlar va tarixchilar konferensiyasi, milliy taomlar va turizm salohiyati festivali boʻlib oʻtdi.
Avvalroq Toshkent shahrida Rektorlar forumi va Dushanbe shahrida biznes forumi oʻtkazilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring