Oʻzbekiston razvedkachilari Pokistonda oʻtkazilgan xalqaro musobaqada rekord natija bilan gʻolib boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi Pokiston Islom Respublikasi hududida joriy yilning 1-martidan boshlangan V Xalqaro “Jamoa ruhi” musobaqasida ishtirok etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga koʻra, mazkur musobaqada Oʻzbekiston razvedkachilari rekord natija bilan Vatanimiz bayrogʻini Pokistonda baland koʻtarishga muyassar boʻlib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy olishdi.
Musobaqa Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlariga qarashli 22 armiya korpusi Terrorizmga qarshi kurashish milliy oʻquv markazi bazasida oʻtkazildi. Unda 9 ta davlatdan Marokash, Iordaniya, Keniya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Shri-Lanka, Nepal va Oʻzbekiston Respublikasi, shuningdek Pokiston Islom Respublikasidan 8 ta razvedka guruhlari, jami 16 ta razvedka jamoalari oʻzaro bellashishdi.
Musobaqa jarayonini Tojikiston, Qozogʻiston, Bahrayn va Xitoy davlatlarining Qurolli Kuchlar vakillari kuzatib bordi.
Musobaqa shartlariga koʻra, jamoalar 80 km gacha boʻlgan marshrutning 6 ta nazorat nuqtasida azimut boʻyicha harakatlanib, nazorat nuqtalarida taktik-maxsus, otish, tibbiy, aloqa, muhandislik tayyorgarligi, ommaviy qirgʻin qurollardan himoya va harbiy topografiyadan turli maxsus mashqlarni, shuningdek kutilmagan testlarni yechish mashqini bajardilar.

Musobaqa davomida mamlakatimiz harbiy jamoasi oʻzining jipsligi va qoʻyilgan vazifalarni yuqori saviyada bajarishi bilan ajralib turdi, ayniqsa yakka tartibdagi mutaxassislik tayyorgarligi boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda, yaʼni guruhning radiotelefonisti, muhandisi, mergani va feldsher kabi razvedkachilari yuqori natijalar koʻrsatishga muyassar boʻlishdi.
Taʼkidlash lozimki, mamlakatimiz Mudofaa vazirligi terma jamoasi qurʼaga binoan birinchi nazorat nuqtasidan 10 boʻlib harakatlanishni boshlagan boʻlsada, jasorat va matonat bilan ushbu musobaqaning uchinchi nazorat nuqtasiga qolgan jamoalardan 6 soat oldin yetib bordi va eng yuqori (2 850) ballni qoʻlga kiritdi.
Musobaqa yakunida, Pokiston Islom Respublikasi quruqlikdagi qoʻshinlar qoʻmondoni general-mayor
Musobaqa yakuni boʻyicha:
1-oʻrin — Oʻzbekiston Respublikasi jamoasi (2 850 ball);
2-oʻrin — Marokash jamoasi (1 860 ball);
3-oʻrin — Shri-Lanka (2 010 ball) va Saudiya Arabistoni (1 900 ball). Shri-Lanka va Saudiya Arabistoni jamoalariga jarima ballar belgilanganligi sababli 3-oʻrin berildi.
Xalqaro musobaqaning yopilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda gʻolib jamoa va sovrindorlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi oltin medal bilan taqdirlandi.

Mazkur musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi aʼzolari oʻzlarini Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimizning munosib davomchilari ekanliklarini yaqqol namoyish etishdi. Oʻzbek razvedkachilari oʻzlariga bildirilgan ishonchini toʻliq oqladilar.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring