O‘zbekiston Qozog‘iston va Tojikistondagi elchixonalari uchun yangi binolar qurmoqchi

O‘zbekiston Qozog‘iston va Tojikistondagi elchixonalari uchun yangi binolar qurmoqchi. Bu mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan.
Xususan, Qozog‘istondagi elchixonaning yangi binosi Ostonada qad rostlaydi. Bu haqidagi muzokaralar o‘tgan yil yozda boshlangan edi. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizning Qozog‘istondagi elchixonasi binosi Almati shahrida joylashgan. Elchixona Ostonadagi yangi binoga ko‘chib o‘tgach, uning o‘rnida O‘zbekiston Bosh konsulligi ochiladi.
O‘zbekistonning Tojikistondagi yangi elchixonasi haqidagi masala esa Prezidentimizning shu yil mart oyida ushbu mamlakatga amalga oshirgan davlat tashrifidan oldin kun tartibiga chiqqan edi. O‘shanda tomonlar diplomatik idoralari vakillari har ikki davlat poytaxtlari markazlaridan elchixonalar uchun yangi binolar qurishga yer ajratish bo‘yicha kelishib olingani haqida xabar berishgandi.
Yuqoridagi dasturda, shuningdek, yurtimiz diplomatik vakolatxonalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, jumladan, mebellar, orgtexnika va avtotransport vositalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring