Oʻzbekiston Qozogʻiston bilan birgalikda sunʼiy yoʻldosh yaratishi mumkin

Qozogʻiston Oʻzbekistonga birgalikda sunʼiy yoʻldosh uchirishni taklif qildi. Bu haqda “KazINFORM” nashri maʼlum qildi.
Qozogʻiston mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti boshligʻi Aslanbek Sirlanovga koʻra, bu boradagi hamkorlik Nursulton Nazarboyevning 2017 yil sentyabrida Oʻzbekistonga amalga oshirgan tashrifidan soʻng faollashgan. Ayni paytda qoʻshma loyiha asosida sunʼiy yoʻldosh yaratish boʻyicha konkret takliflar bor.
Mazkur qurilma nafaqat Oʻzbekiston va Qozogʻistonga, balki boshqa qoʻshni mamlakatga ham xizmat qilishi mumkin, deyiladi xabarda.
“Hozir bizning oʻzbekistonlik hamkasblarimiz chet el sunʼiy yoʻldoshlaridan foydalanadi. Shuning uchun ham birgalikda bitta sunʼiy yoʻldosh bunyod etish vaqti keldi”, taʼkidlab oʻtdi Sirlanov.
Bundan tashqari, uning soʻzlariga qaraganda, Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligi doirasida Yerni zondlash uchun beshta sunʼiy yoʻldosh yaratish koʻzda tutilmoqda. Undan turib bir yoʻla besh metrlik tasvirlarni suratga olish mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring