Oʻzbekiston qariyb 200 tonna kofe import qilgan

17:53 07 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
988 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,0 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 196,4 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.

Kofe mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,8 tonnaga oshgan.

Oʻtgan 7 oy mobaynida import qilingan kofe mahsulotlarining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:

 Rossiya – 57,4 tonna
 Italiya – 52,6 tonna
 Braziliya – 34,0 tonna
 Vyetnam – 22,6 tonna
 Belorus – 13,1 tonna
 Germaniya – 2,8 tonna
 Turkiya – 2,7 tonna
 Kolumbiya – 1,7 tonna

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер