Oʻzbekiston qamoqxonalarida tovar xarid qilish uchun infokiosklar oʻrnatiladi

11:36 03 Iyul 2024 Hujjatlar
202 0

“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining mulki, bino va inshootlarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Ijara shartnomasini tuzish huquqini qoʻlga kiritish uchun onlayn-auksion “E-auksion” platformasi orqali amalga oshiriladi. Ijara shartnomasi “Online-ijara.uz” tizimida roʻyxatga olinadi. Shuningdek, Jazoni ijro etish muassasalariga Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud boʻlgan infokiosklarni oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Jazoni ijro etish departamenti tomonidan mahkumlarning ehtiyojidan kelib chiqib, jazoni ijro etish muassasalariga oʻrnatiladigan infokiosklar soni va texnik talablari belgilanadi.

Departament infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha tanlov komissiyasi shakllantiriladi va ushbu komissiya mahkumlar va ularning qarindoshlari tomonidan buyumlarni elektron doʻkonlar orqali sotib olish imkoniyatini yaratish uchun infokiosklarni oʻrnatish istagini bildirgan investorlarni aniqlash uchun davriy nashrlarda va IIVning rasmiy veb-saytida tanlov eʼlon qiladi.

Tanlov gʻolibini aniqlashning mezonlari:

  • talabgorning tanlovga qadar elektron savdo sohasida bir yildan kam boʻlmagan tajribaga ega ekanligi;
  • talabgorning Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud boʻlgan infokiosklar orqali savdo qilish imkonini beruvchi dasturga ega ekanligi;
  • talabgorning barcha jazoni ijro etish muassasalariga infokiosklarni oʻrnatish uchun kiritadigan investitsiya (pul) mablagʻlariga ega ekanligi;
  • faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnomaga ega ekanligi;
  • moliyaviy axvolining barqarorligi, soliq va yigʻimlardan qarzdorligi mavjud emasligi;
  • infokiosklar orqali tovar va mahsulotlarni yetkazib berish uchun yetarli moddiy-texnik hamda logistika bazasiga ega ekanligi.

Gʻolib boʻlgan investor bilan 6 oydan 3-yilgacha muddatga shartnoma tuziladi Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 29-iyundan kuchga kirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер