Oʻzbekiston Prezidenti Singapur Parlamenti Spikerini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Singapur Respublikasi Parlamenti Spikeri Sia Kian Pengni qabul qildi.
Suhbat avvalida parlament rahbari mamlakatimiz yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va forum yuksak darajada tashkil etilganini eʼtirof etdi.
Oʻtgan bir yilda Oʻzbekiston-Singapur munosabatlarida ulkan natijalarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikkita davlat tashrifi muvaffaqiyatli oʻtkazildi, tovar ayirboshlash hajmi, qoʻshma loyihalar soni, shu jumladan toʻqimachilik va kimyo, qishloq xoʻjaligi, logistika va boshqa tarmoqlarda izchil oshib bormoqda.
Kadrlar tayyorlash, investitsiyalar, turizm va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Oliy darajadagi kelishuvlar ustidan birgalikda samarali parlament nazoratini oʻrnatish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring