Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor investitsiya loyihalarining borishini koʻrib chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni Oʻzbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.
Saudiya Arabistoni yetakchi kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Davlatimiz rahbari “ACWA Power” bilan samarali sheriklik yuksak darajaga chiqqanini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Kompaniyaning mamlakatimiz energetika bozorini rivojlantirishdagi yetakchi oʻrni qayd etildi. Bugungi kunda joriy va istiqbolli qoʻshma loyihalar portfeli 17 milliard dollardan oshdi.
Ishbilarmonlar kengashi faoliyati doirasida Saudiyadan yangi kompaniyalarni mamlakatimizga jalb qilish ishlarini davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Aeroportlarni qurish va boshqarish, raqamli va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, issiqlik taʼminoti tarmoqlarini kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlash, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, onkologiya klinikalarini ochish, turizm markazi, toʻqimachilik klasterini tashkil etish, issiqxona xoʻjaligi va chorvachilikni rivojlantirish kabi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring