Oʻzbekiston Prezidenti Qirgʻiziston bilan kooperatsiya loyihalarini jadal amalga oshirish muhimligini koʻrsatib oʻtdi
Toshkent investitsiya forumi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.
Oʻzbekiston-Qirgʻiziston koʻp qirrali hamkorligiga oid amaliy jihatlar muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Jadal muloqotlar davom ettirilmoqda, muhim iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda Oʻsh shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi teatrning yangilangan binosi tantanali ochildi, Qoʻqon shahrida esa sportchilarning spartakiadasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Hududlar forumi va Avlodlar uchrashuvini oʻtkazishga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Davlatimiz rahbari avtomobilsozlik, energetika, transport infratuzilmasi, poytaxtlarda savdo uylarini ochish boʻyicha kooperatsiya loyihalarini tezlashtirish zarurligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring