Oʻzbekiston Prezidenti Oʻmon Sultonligi savdo, sanoat va investitsiyalarga koʻmaklashish vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investitsiyalarga ko‘maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusufni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomini yetkazdi.
Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Turli darajalardagi faol muloqotlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Forum doirasida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ishbilarmon doiralarning uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Energetika, geologiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo sanoati, transport va logistika, turizm, moliya sohalarida qo‘shma loyihalarni, shu jumladan O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasining faol ko‘magida ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring