Oʻzbekiston Prezidenti Belarus yetakchisini prezidentlik saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni kecha boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan samimiy qutladi.
Davlatimiz rahbari saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari Belarus xalqi amaldagi Prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani, amalga oshirilayotgan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng qoʻllab-quvvatlayotganini yana bir bor tasdiqlaganini alohida taʼkidladi.
Suhbat chogʻida oʻtgan yil 7-9-fevral kunlari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan Oʻzbekiston-Belarus koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, yaqin ishbilarmonlik va hududlararo aloqalarni, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari boʻlajak tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring