Oʻzbekiston parlament delegatsiyasi “Gedeon Richter” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
Rasmiy tashrif mobaynida Oʻzbekiston parlament delegatsiyasi Vengriyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri – “Gedeon Richter” korxonasiga tashrif buyurib, uning ishlab chiqarish jarayonlari, ilmiy-tadqiqot ishlari va kelgusi rivojlanish strategiyasi bilan yaqindan tanishdi.
“Gedeon Richter” kompaniyasi 8 ta ilova tarkibiy boʻlinmaga ega boʻlib, ulardan 5 tasi Vengriyada, 2 tasi Rossiyada va 1 tasi Germaniyada joylashgan. Korxonada 11 mingdan ortiq xodimlar faoliyat yuritadi. Kompaniya jahon bozoriga 2,8 ming nomdagi dorivor vositalarini yetkazib berib, xalqaro farmatsevtika sohasida muhim oʻrin egallaydi.
Kompaniya mahsulotlarining MDH davlatlaridagi sotilishi hajmida Oʻzbekiston ikkinchi oʻrinni egallaydi. Mamlakatimizda kompaniyaning yillik mahsulot savdo aylanmasi 10 mln AQSH dollaridan ziyoddir.
Uchrashuv chogʻida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Farmatsevtika sohasida qoʻshma ishlab chiqarish, texnologiyalar transferi va innovatsion mahsulotlar yaratish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ham eʼtibor qaratildi.
“Gedeon Richter” kompaniyasining mintaqaviy direktori Oroz Andrash Oʻzbekistonda nevrologiya yoʻnalishida qoʻllaniladigan yuqori samarali “Kariprazin” preparatining kontrakt asosida mahalliy ishlab chiqarishini yoʻlga qoʻyish borasida katta qiziqish bildirdi. Mazkur dori vositasi AQSH bozorida kompaniyaning sotilishi darajasi eng yuqori boʻlgan mahsulotlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, u loyiha boʻyicha texnik va tijorat tavsiflarini muhokama qilish maqsadida Oʻzbekistondagi hamkorlar bilan yaqin kunlarda uchrashuv oʻtkazishga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring