Oʻzbekiston olimlari yangi avlod gibrid aerogelini yaratdi
Foto: OʻzR FA
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari birgalikda yangi turdagi gibrid aerogel yaratdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mahsulot nanotsellyuloza deb ataladigan, qayta tiklanadigan va ekologik toza xomashyo asosida tayyorlangan. Yaʼni, bu material tabiatga zarar qilmaydi.
Bu aerogel nimasi bilan muhim?
U juda gʻovak (ichida koʻp mayda teshikchalari bor) boʻlib, shu tuzilma ichida maxsus metall-organik birikmalar joylashtirilgan. Bu esa aerogelga zararli moddalarni oʻziga tez va koʻp miqdorda singdirib olish imkonini beradi. Aerogel havodagi zararli CO₂ gazini ushlab qolishga qodir. Mahsulot suvdan ogʻir metall ionlari va zararli boʻyoqlarni samarali tarzda ajratib oladi.
Undan qurilish sohasida samarali izolyatsion material sifatida foydalaniladi. Aerogelning nanogʻovakli tuzilishi tovush toʻlqinlarini samarali yutib, binolarda akustik komfortni taʼminlaydi. Shuningdek, u juda past issiqlik oʻtkazuvchanligiga ega boʻlgani sababli binolarda issiqlik yoʻqotilishini kamaytiradi va energiya tejamkorligini oshiradi.
Material kompozit aerogel materiallari mexanik taʼsirlarga nisbatan barqaror boʻlib, konstruksion elementlar mustahkamligini oshirishga xizmat qiladi. U juda yengil, lekin ayni paytda mustahkam va yuqori haroratga ham chidamli hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring