Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda ilk bor MMA boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
“Hilton” mehmonxonasida Xalqaro aralash jang sanʼatlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun, tashkilot bosh ijrochi direktori Densin Uayt va Osiyo qitʼasi direktori Vissam Abi Nader ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Mahmudov, Mudofaa vaziri oʻrinbosari Alisher Norbayev va MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Sherzod Toshmatov ham ishtirok etdi.

Anjuman davomida 2024-yilda Oʻzbekistonda ilk bor MMA boʻyicha havaskorlar oʻrtasida Jahon chempionati oʻtkazilishi rasman eʼlon qilindi. Qayd etish lozimki, bunday musobaqa Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring