Oʻzbekiston kikboksing terma jamoasi Turkiyada sakkizta medalni qoʻlga kiritdi
Shu yilning 8-11-aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida kikboksing WAKO boʻyicha Yevropa ochiq chempionati tashkil etildi.
Mazkur turnirda oʻzbekistonlik sportchilarimiz ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, uch kun davom etgan ushbu turnirda vakillarimiz toʻrtta oltin va toʻrtta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Xususan, ringga koʻtarilgan ogʻir vazn toifasidagi vakilimiz Hasan Baratov uchta jangda ishtirok etib, barchasini nokaut bilan magʻlub etdi va turnir chempioniga aylandi. Uning egizagi Husan Baratov esa «lou-kik» yoʻnalishida bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, qolgan oltita medal ham «lou-kik» yoʻnalishida qoʻlga kiritildi.
Kecha, 12-aprel kuni kikboksingchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring