Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali haqida film suratga olindi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi tomonidan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, tarjimon va olim Muhammad Ali haqida hujjatli film suratga olindi. Filmda yozuvchi hayoti va ijodiy faoliyati haqida hikoya qilinadi.
Film ssenariy muallifi Umida Yaxshiboyeva, rejissyor Saidaʼloxon Maʼsudxonov, operator Muhiddin Haitov, kartina direktori Zuhra Poʻlatova.
Maʼlumot uchun, bugun Oʻzbek milliy akademik drama teatrida Muhammad Ali tavalludining 80 yilligi munosabati bilan badiiy kecha boʻlib oʻtadi. Tadbir davomida adib haqidagi hujjatli filmning namoyishi ham belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring