Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻlan Nizom vafot etdi
Bugun, 10-dekabr kuni Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻlan Nizom 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi
Toʻlan Nizom 1939-yilda Andijon viloyatining Boʻz (Boʻston) tumanining Beshgul qishlogʻida tugʻilgandi. 1965-yilda Andijon pedagogika institutini tamomlagan.
1970-yilda shoirning “Sening ertaklaring” nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqarilgan. Shoirning 1982-yilda "Iftixor", 1988-yilda “Oy qizlar”, 1993-yilda “Muqaddas ruh va Vatan tuygʻusi” kabi qator toʻplamlari xalqimizga manzur boʻlgan.
“Xalq soʻzi” tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlariga chuqur taʼziya bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring