Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir haqida film tasvirga olinmoqda

22:38 18 Oktyabr 2022 Madaniyat
940 0

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir haqida “Istiqlol shoiri” hujjatli filmi suratga olinmoqda.

Unda shoirning bolalik davri, hayoti va ijodiy faoliyati haqida soʻz boradi. Shuningdek, filmdan taniqli shoir va adiblarning Mahmud Toir haqida intervyulari oʻrin olgan.

Film ssenariy muallifi Dilfuza Turdiboyeva, rejissyor Murod Odilov, operator Anvarxon Qosimov, kartina direktori Akromali Abdullayev.

Suratga olish ishlari Toshkent viloyatining Parkent tumani hamda Nurafshon shahrida boʻlib oʻtmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?