Oʻzbekiston Ispaniya Ipak institutining nufuzli mukofotiga sazovor boʻldi
Foto: “Dunyo” AA
Ispaniya Ipak institutida Oʻzbekistonga tarixiy yoʻlni saqlab qolish va “Ipak yoʻli” sivilizatsiyalararo sayyohlik yoʻnalishini muvaffaqiyatli rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun “Uzbekistan, Silk Spain Friendly” mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, metall haykalcha uslubida ishlangan kaptarni ifodalovchi mukofotni Ispaniya Ipak instituti prezidenti Fernando Molina Pons Oʻzbekiston elchisi Jahongir Gʻaniyevga topshirdi.
Ispaniya Ipak instituti prezidenti Fernando Molina Pons oʻz nutqida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar sharofati bilan mamlakatda sayyohlik sohasi jadal surʼatlarda rivojlanayotganini qayd etdi. Shu tariqa 2019-yilda mamlakat ichki va tashqi turizmni rivojlantirish boʻyicha eng yaxshi beshta mamlakat safidan joy oldi. Uning soʻzlariga koʻra, 2016-2021-yillarda mahalliy sayyohlar soni 24 millionni tashkil etgan boʻlsa, xorijlik mehmonlar soni qariyb 20 millionga yetdi. 2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli 1,5 million xorijlik Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa, 2021-yilda bu koʻrsatkich 1,7 millionni tashkil etdi.
U shuningdek, Oʻzbekistonda turli millat, din va madaniyat vakillari ahil-inoq yashayotganini taʼkidladi. “Mamlakat tarixiy merosi, zamonaviy meʼmorchilik va yuqori texnologiyali taraqqiyotni oʻzida mujassam etgan. Oʻzbekiston nafaqat Xitoyni Yevropa bilan bogʻlovchi Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan koʻhna shaharlari orqali oʻtadigan sayohat yoʻnalishlari, balki oʻtmishning turli davrlariga xos noyob tarixiy va meʼmoriy yodgorliklari, shuningdek, xorijlik mehmonlarni qiziqtirishi mumkin boʻlgan boshqa koʻplab imkoniyatlari bilan ham mashhurdir”, dedi Ispaniya Ipak instituti prezidenti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring