Oʻzbekiston Global innovatsiya indeksida 79-oʻrinni egalladi
Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan har yili eʼlon qilinadigan Global innovatsiya indeksi (GII)ning 2025-yilgi reytingiga koʻra, Oʻzbekiston 139 ta davlat orasida 79-oʻrindan joy oldi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston indeksga ilk bor 2015-yilda qoʻshilgan boʻlib, oʻsha yilda 141 mamlakat ichida 122-oʻrinni egallagan. 2024-yilda esa 132 davlat orasida 83-pogʻonada qayd etilgan edi.
Yangi hisobotda Oʻzbekiston oʻz daromad guruhi — quyi oʻrta daromadli mamlakatlar ichida Vyetnam, Filippin, Marokash va boshqalar qatorida 7-oʻrinni egalladi (2024-yilda — 10-oʻrin). Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida esa Hindiston va Erondan keyin 3-oʻrinni qayd etdi (2024-yilda — 4-oʻrin).
Global indeks 2 ta subindeks — innovatsiya resurslari (innovation input) va innovatsiya natijalari (innovation output) hamda 7 ta yoʻnalish guruhidan iborat. Oʻzbekiston bu yil resurslar boʻyicha 69-oʻrin, natijalar boʻyicha esa 92-oʻringa joylashdi.
Jami 78 ta indikator boʻyicha baholangan mamlakat 36 koʻrsatkichda natijani yaxshilagan, 7 tasida oʻzgarish kuzatilmagan, 33 tasida pasayish qayd etilgan.
Yoʻnalishlar kesimida “inson kapitali va ilmiy tadqiqotlar” (+12), “infratuzilma” (+1), “bozor rivojlanishi” (+4), “bilim va texnologiya mahsulotlari” (+10) boʻyicha oʻsish qayd etilgan. Shu bilan birga, “biznesni rivojlantirish” (-4) va “ijodiy mahsulotlar” (-1)da pasayish boʻlgan, “boshqaruv institutlari sifati” esa oʻzgarishsiz qolgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring