Oʻzbekiston gender maʼlumotlari reytingida 56-oʻrinni egalladi
Open Data Watch tashkilotining “Gender Data Compass” reytingida 2023-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston 37 ball toʻplagan holda 185 ta mamlakat orasidan 56-oʻrinni, Markaziy Osiyo mintaqasida 3-oʻrinni egalladi.
“Gender Data Compass” mamlakatning gender maʼlumotlari tizimini yaxlit baholashni taʼminlaydi. U 53 ta gender koʻrsatkichlarining besh jihati: mavjudlik, ochiqlik, asoslar, imkoniyatlar va moliyalashtirish manbalariga tahlil qilinadi.
Mamlakatimizda gender statistikasini yuritish boʻyicha Statistika agentligi vakolatli organ boʻlib, agentlikda gender statistikasini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha alohida boʻlinma tashkil etilgan.
Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytining barcha boʻlimlarida bugungi kunda 180 dan ziyod gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring