Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar parlamentlari hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 25-oktabr kuni Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi delegatsiyasi rahbari – Elchi Sharlotta Adrian bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi muhokamalarning asosini tashkil etdi.
Oʻzaro savdo aylanmasi barqaror oʻsishda davom etayotgani, Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari bilan yuqori texnologik ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani, bunda “GSP+” tartibi sifatli oʻzbek tovarlarini Yevropa bozoriga eksport qilishning ragʻbatlantiruvchi omiliga aylangani taʼkidlab oʻtildi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishda parlamentlar imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada “Yevropa Ittifoqi – Oʻzbekiston” Parlament hamkorligi qoʻmitasi doirasida tashkil etilgan muloqotning oʻrni muhimligi qayd etildi.
Ayni paytda Oliy Majlis Senati bilan yoʻlga qoʻyilgan Yevropa Ittifoqining “Inter Pares” – “Parlamentlar hamkorlikda” loyihasining borishi yuzasidan fikr almashildi.
Taʼkidlash joiz, “Inter Pares” – Yevropa Ittifoqining parlamentarizmni mustahkamlash boʻyicha global dasturi boʻlib, Demokratiya va saylovga koʻmaklashish xalqaro instituti (IDEA) tomonidan Yevropa Ittifoqiga hamkor mamlakatlar parlamentlarining ekspert koʻmagida amalga oshiriladi. Mazkur loyiha Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan yagona hamkor sifatida Oʻzbekiston parlamenti bilan yoʻlga qoʻyilib, Vengriya, Germaniya, Kipr, Litva, Slovakiya, Fransiya, Chexiya hamkor davlatlar hisoblanadi.
Tomonlar loyihani samarali amalga oshirishning ustuvor jihatlarini birma-bir muhokama qilib, amaliy muloqotning har bir tarkibiy yaʼni moliyaviy nazorat, gender tenglik masalalari, yoshlar parlamenti, elektron parlament yoʻnalishida hal etilishi zarur boʻlgan vazifalar yuzasidan kelishib oldilar.
Shuningdek, muloqot davomida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash, barqaror rivojlanish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va BRMga erishish boʻyicha qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishda Yevropa Ittifoqi hamda uning ixtisoslashgan idoralari bilan munosabatlarni faollashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring