O'zbekiston-Eron oʻyinida durang qayd etildi. Statistika nima deydi?
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon Chempionati – 2026 saralashining 2-bosqichidan oʻrin olgan soʻnggi uchrashuvda Tehronda Eron milliy terma jamoasi bilan oʻyinda golsiz durang qayd etdi.
Mezbonlar, kutilganidek, toʻp nazoratini oʻzlariga olishdi (53/47). Yurtdoshlarimiz tomonidan darvozaga yoʻllangan 7 ta zarbadan bittasi aniq boʻlgan boʻlsa, xuddi shuncha aniqlikka erishish uchun forslar 12 marotaba urinishlariga toʻgʻri keldi.
Terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov va mezbonlardan Saleh Hardani sariq kartochka bilan «siylandi».
Shu tariqa, hamyurtlarimiz guruhda 14 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallashdi. Katanes shogirdlari toʻplar nisbati tufayli forslardan orqada qoldi.
Jahon chempionati – 2026 saralashining 3-bosqichiga qurʼa shu oy oxirida tashlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring