Oʻzbekiston — Eron: ikki mamlakatning energetika sohasida hamkorligi kengayishi kutilmoqda
Kuni kecha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Eron Islom Respublikasining “Electronic Afzar Azma” kompaniyasining bosh direktori Mohammad Ali Darazi, “ESFA Group” kompaniyasi bosh direktori Mahdi Davar Panah hamda “Atlas Tubine Pars” kompaniyasi bosh direktori Atabak Alizade bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad yurtimizda faoliyat olib borayotgan eronlik tadbirkorlar bilan doimiy aloqani oʻrnatish, ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasida hamkorlik qilish, ikki davlat oʻrtasidagi savdo iqtisodiy, ilm-fan, texnologiyalar boʻyicha yangiliklar bilan boʻlishish, eronlik investorlarni yurtimizga jalb qilish va ularga konsultativ va amaliy yordam koʻrsatish, eronlik tadbirkorlarning yurtimizda olib borayotgan faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammo va takliflarini oʻrganish va ularga yechim berishdan iborat.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan takliflar, eronlik tadbirkorlarning faoliyatidagi yangiliklar, innovatsiya yoʻnalishida istiqbolli hamkolik rejalari muhokama qilindi.
Xususan, unda eronlik tadbirkorlar Oʻzbekistonda elektr tarmoqlari uskunalarini birgalikda ishlab chiqarish, elektr stansiyalarini taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish hamda Oʻzbekistonda ushbu sohada markaz ochish imkoniyati bilan qiziqdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Oʻzbekistonda aqlli elektr hisoblagichlarni birgalikda ishlab chiqarish hamda Oʻzbekiston elektr tarmoqlari monitoringi tizimini modernizatsiya qilish imkoniyati ham koʻrib chiqildi, muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun, “Electronic Afzar Azma”, “ESFA Group” va “Atlas Tubine Pars” Erondagi eng yirik energetika kompaniyalaridan hisoblanadi. Ular elektr stansiyalari, neft va gaz obyektlari, temir yoʻl transporti infratuzilmasi uchun energiya va boshqaruv uskunalari ishlab chiqish hamda ularni avtomatlashtirish va sanoat jarayonlarini boshqarish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring