Oʻzbekiston eng koʻp qaysi davlatlardan mahsulot sotib olmoqda?
2025-yil yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonning importi hajmi 41,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, mazkur davrda Oʻzbekiston 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.
2025-yilning 11 oyida Oʻzbekiston importidagi TOP-10 davlatlar (AQSH dollarida):
- Xitoy – 12,8 mlrd;
- Rossiya – 7,8 mlrd;
- Qozogʻiston – 3 mlrd;
- Turkiya – 1,7 mlrd;
- Koreya Respublikasi – 1,5 mlrd;
- Germaniya – 1 mlrd;
- Hindiston – 1 mlrd;
- Turkmaniston – 926,2 mln;
- Belarus – 698,8 mln;
- AQSH – 656,1 mln.
Import hajmi 2024 yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga oʻsgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring