Oʻzbekiston elchisi Polsha Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Oʻzbekiston elchisi Amirsaid Aʼzamxoʻjayev Polsha Prezidenti Anjey Dudaga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Taqdimot marosimi Polsha rahbarining rasmiy qarorgohi – Varshavadagi Belvedere saroyida boʻlib oʻtdi.
Rasmiy marosim doirasida boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Polsha Prezidenti barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Polsha Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va istiqbolli hamkor deb bilishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli va ortga qaytmas islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi alohida taʼkidlandi.
Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Polsha hamkorligi, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohada sezilarli darajada mustahkamlanib, yangi va amaliy mazmun bilan toʻldirildi. Polsha ishbilarmon doiralarida oʻzbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirishga qiziqish ortib bormoqda. Ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish uchun salmoqli salohiyat mavjud.
Polshalik general Vladislav Andersning askarlari dafn etilgan maskanni obod etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirildi.
Ishonch yorliqlari topshirilgandan soʻng elchi Varshavadagi Nomaʼlum askar qabriga gulchambar qoʻyish marosimi qatnashdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning yangi elchisi 7-noyabr kuni Varshavaga tashrif buyurgan edi. Bunga qadar u TIVning Konsullik-huquqiy departamentida, Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli lavozimlarida ishlagan. Diplomat 38 yoshda. Toshkent davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring