Oʻzbekiston delegatsiyasi rasmiylari Paralimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

09:59 28 Avgust 2024 Sport
197 0

Oʻzbekiston sport delegatsiyasi “Parij—2024” XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Fransiya poytaxtiga yetib keldi.

Shu munosabat bilan delegatsiya rahbariyati oʻzbekistonlik sportchilar yashayotgan Paralimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi – Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti Muxtorxon Tashxodjayev va Sport vaziri oʻrinbosari Murod Ismoilov boshchiligidagi masʼullar ishtirokida shaharchadagi Oʻzbekiston delegatsiyasining tezkor shtabida yigʻilish oʻtkazilgan.

Qayd etilishicha, unda har bir mutaxassisga oʻziga yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada bajarish, yurtimiz para atletlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish borasida tegishli koʻrsatmalar berilgan.

“Shundan soʻng mutasaddilar oʻzbek sportchilari uchun ajratilgan xonalar, tibbiyot boʻlimi va sportchilarning ovqatlanishlari uchun yaratib berilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, Para atletlarimiz yozgi Paralimpiada oʻyinlariga 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziyani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер